Xavi Simons "Arsenal" bilan derbi oldidan dam olish kunlaridan voz kechdi

Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Xavi Simons klub mashg'ulot bazasida qo'shimcha bir hafta o'tkazdi. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 10 fevral kuni bo'lib o'tgan "Nyukasl"ga (1:2) qarshi o'yindan so'ng "Tottenxem"ning barcha futbolchilari 5 kun dam olishdi. Biroq Xavi Simons formasini yaxshilash uchun dam olishdan voz kechishga qaror qildi.
Joriy mavsumda 22 yoshli niderlandiyalik barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 33 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
22 fevral kuni "Tottenxem" o'z maydonida "Arsenal"ni qabul qiladi.