Xavi Rafinyaning Flik bilan o'yinini baholadi

«Barselona» sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes vinger Rafinya Diasning muvaffaqiyatlari haqida o'z fikrini bildirdi.
Braziliyalik futbolchi jamoaga aynan ispaniyalik mutaxassis davrida kelgan edi, biroq o'zining eng yaxshi o'yinini Xans-Diter Flik qo'l ostida ko'rsata boshladi.
«Rafinyaning «Barselona»da ochilganidan xursandman. Biz unga juda ko'p turtki bergan edik. U yaxshi yigit, mas'uliyatli, haqiqiy etakchi va g'olib. Ilgari braziliyalik futbolchilarda intizom bilan bog'liq muammolar bo'lardi, ular bo'shashib, faqat o'z iste'dodlariga tayanib qolishlari mumkin edi. Rafinyada esa bu borada hammasi joyida, u doimo mukammallikka intiladi», — deya «ko'k-anorranglilar» sobiq ustozining so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Eslatib o'tamiz, Xavi 2024 yilning may oyida «Barselona»dan iste'foga chiqarilgan edi.