Ispaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi, 2010 yilgi Jahon chempioni Xavi 2026 yilgi dunyo birinchiligining eng yaxshi o'yinchisini saralash usuli bilan tanlab oldi.

– Messi yoki Saloh?

– Messi.

– Lamin Yamal yoki Xarri Keyn?

– Lamin.

– Krishtianu Ronaldu yoki Vinisius Junior?

– Ehtimol, Vinisius.

– Mbappe yoki Holand?

– Juda qiyin. Holand, chunki u Norvegiya terma jamoasida o'ynaydi.

– Vinisius Junior yoki Holand?

– Holand.

– Messi yoki Yamal?

– Voy, bu xuddi ota va ona o'rtasida tanlov qilishdek gap (kuladi). Ammo ushbu Jahon chempionatida — Messi.

– Messi yoki Holand?

– Messi, — dedi Xavi Daily Mail nashrining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida joylashtirilgan videoda.

Messi Jahon chempionatining ettita uchrashuvida sakkizta gol va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. JCh-2026 finalida Argentina Ispaniyaga qarshi o'ynaydi.

Manba: Stadion.uz