Xavi «Barselona»ning 29-chempionligiga munosabat bildirdi (foto)

«Barselona»ning sobiq futbolchisi va sobiq bosh murabbiyi Xavi klubni La Ligadagi chempionlik bilan tabrikladi.
Yakshanba kuni «Barselona» o'z maydonida kechgan 35-tur bahsida «Real»ni mag'lub etdi (2:0) va o'z tarixida 29-bor Ispaniya chempioniga aylandi.
«Yashasin «Barsa»!», — deb yozib qoldirdi Xavi o'zining Instagram sahifasida.
