"Barselona"ning sobiq futbolchisi Xavi qanday qilib boshqa Evropa jamoalarida o'ynashi mumkinligi haqida gapirdi.

"Men "Barselona"ni ikki marta tark etishga yaqin turgandim. Birinchi marta "Milan"ga o'tishimga sal qolgan.

21 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng Galliani bilan gaplashdim. "Rossonerilar" meni o'z saflariga qo'shib olishni juda xohlardi, lekin men "Barselona"da qolishga qaror qildim", – dedi Xavi.