Xavi Ispaniyada bo'lib o'tgan etakchilik mavzusidagi konferentsiyada ishtirok etdi va tinglovchilar bilan ochiqchasiga suhbatlashdi. Xususan, "Barselona"dagi natijalar pasayishi mavzusini tahlil qildi. Mutaxassis birinchi chempionlik mavsumi va unvonsiz ikkinchi mavsumni taqqosladi.

"Faoliyatimni futbolchilardan ham, klubdan ham juda katta umidlar bilan boshladim. O'ylashimcha, mening xatom shundaki, men bu yuqori standartlarni bor-yo'g'i bir yil ushlab turdim. La Liga va Superkubokdagi g'alabadan keyin jamoa o'zgardi.

Shundan keyingina tushunib etdim va o'zimni tanqid qilishga vaqt topa oldim. Yuqori standartlarni pasaytirdim, futbolchilarda avvalgidek munosabat, hurmat va fidoyilik yo'q edi. Bizning standartlarimiz tezda pasayib ketdi. Hammasi shu darajaga etdiki, biz hech narsa yutmadik," - dedi Xavi.

Murabbiy 2024 yilda "Basrelona"ni tark etdi. O'shandan beri mutaxassis ishsiz.