Xavi ayni damda dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim ekanligini aytdi

Ispaniya terma jamoasi va "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi, kataloniyaliklarning sobiq murabbiyi Xavi jurnalistning hozirda dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim ekani haqidagi blits-savoliga javob berdi.
- Hozir dunyodagi eng yaxshi o'yinchi?
- Lamin, - deya Xavining so'zlarini keltiradi Barca News portali X ijtimoiy tarmog'ida.
Joriy mavsumda 18 yoshli Yamal klub va terma jamoa safida barcha musobaqalarda ettita uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.