Xavi APL grandini «botqoq»dan olib chiqishga tayyor

Xavi yaqin kelajakda murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin. Mutaxassis "Manchester Yunayted" murabbiylik lavozimida ishlashga qiziqmoqda. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano ma'lum qildi.
"Xavi Premer-ligani o'rganmoqda, u erda nima bo'layotganini kuzatmoqda. U evrokuboklarsiz ham darhol "Manchester Yunayted"ni qabul qilib olishga tayyor" - dedi Romano YouTube’dagi kanalida.
"Manchester Yunayted"ning hozirgi bosh murabbiyi Ruben Amorim yomon natijalar tufayli bosim ostida qolmoqda. Dam olish kunlari "qizil iblislar" "Brentford"ga 1:3 hisobida yutqazdi.
Ayni paytda "Manchester Yunayted" Premer-liga turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.