Xavertsning qaytishi yana ortga surildi

Hujumchi Kay Xaverts jarohatdan tiklanish jarayonida asoratga duch keldi. Nemis futbolchisi noyabr oyida maydonga qaytishiga bir hafta qolgan edi, ammo kasallik qaytalandi.
Daily Mail nashrining xabar berishicha, Xaverts endi yanvar oyining o'rtalarida maydonga qaytishi kutilmoqda.
Tabiiyki, bu vaziyat "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta uchun unchalik yoqmayapti. Kay joriy mavsumning birinchi o'yinida jarohat olganidan buyon uchrashuvlarda qatnashmayapti.
"Arsenal" Premer-ligada etakchilik qilmoqda, ammo "Manchester Siti" atigi ikki ochko, "Aston Villa" esa uch ochko ortda qolmoqda.