Xaverts operatsiya qilinadi va uzoq vaqtni o'tkazib yuboradi

Kay Xaverts tizzasidagi muammolar tufayli operatsiyani boshdan kechiradi.
Bir hafta oldin "Arsenal" hujumchisining tizzasidan jarohat olgani ma'lum bo'lgandi.
The Athletic xabariga ko'ra, nemis operatsiya qilinadi. Xaverts uzoq vaqtni o'tkazib yuborishi kutilmayapti.
O'tgan mavsumda Kay sonining orqa qismidan olgan jarohati tufayli fevral oyining boshidan may oyining ikkinchi yarmigacha maydonga tushmagan edi.