Xaverts Manuel Noyerning terma jamoaga qaytishi haqida fikr bildirdi

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Kay Xaverts Germaniya terma jamoasidagi darvozabonlar borasidagi vaziyatga o'z munosabatini bildirdi. 40 yoshli Manuel Noyer Germaniya milliy jamoasiga qaytdi – u jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritildi. «Bavariya» sardori deyarli ikki yil davomida xalqaro miqyosda maydonga tushmagan edi.
«Manu — men faoliyatim davomida ko'rgan eng yaxshi darvozabon. Uning saviyasi haqida ortiqcha gapirishdan ma'no yo'q. Oli Baumann ham yaxshi — u «Xoffenxaym»da ajoyib mavsumni o'tkazdi. Bizda shunday ajoyib darvozabonlar borligidan xursandmiz. Qarorni esa murabbiy qabul qiladi», — deya Xavertsning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Germaniya terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichida Kyurasao, Kot-d’Ivuar va Ekvador jamoalariga qarshi bahs olib boradi.