Xaverts Madridda o'ynamaydi

«Arsenal» hujumchisi Kay Xaverts Chempionlar ligasi doirasidagi «Atletiko»ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda The Athletic nashriga tayanib Goal portali xabar bermoqda.
Ma'lum bo'lishicha, o'tgan dam olish kunlari Premer-liganing «Nyukasl»ga qarshi o'yinida Xaverts jarohat olib, maydonni erta tark etishga majbur bo'lgan edi. Nemis futbolchisining tiklanishi uchun qancha vaqt kerak bo'lishi hozircha noma'lum.
Joriy mavsumda Kay Xaverts 20 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 5 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
«Atletiko» va «Arsenal» o'rtasidagi Chempionlar ligasi dastlabki yarim final uchrashuvi chorshanba, 29 aprel kuni bo'lib o'tadi.