Xaverts Germaniyaning bugungi o'yinini asosiy tarkibda boshlaydi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann «Arsenal» hujumchisi Kay Xavertsning Shveytsariyaga qarshi bo'lajak o'rtoqlik uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushishini ma'lum qildi.
«Kay Xaverts uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi. U ancha vaqt safdan chiqib qolgan edi, shu sababli biz unga o'yin amaliyoti bermoqchimiz. Unga o'yin ritmiga qaytib olish juda muhim», — deya Nagelsmannning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Joriy mavsumda 26 yoshli Xaverts barcha musobaqalarda jami 14 ta o'yinda ishtirok etdi. Uning hisobida 3 ta gol va 2 ta golli uzatma mavjud.
Shveytsariya va Germaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bugun, 27 mart kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da (28 martga o'tar kechasi) boshlanishi rejalashtirilgan.