Germaniya terma jamoasi hujumchisi Kay Xaverts JCh-2026 1/16 finalidan o'rin olgan Paragvayga qarshi uchrashuv oldidan jamoaning kayfiyati haqida gapirdi. O'yin bugun, 29 iyun kuni bo'lib o'tadi.

«Biz Paragvayni mag'lub eta olishimizga to'liq ishonamiz. Yirik turnirda qatnashayotganingda odamlar ko'p gapirishadi. Boshqalarning nima deyishi men uchun muhim emas. Bor e'tiborimizni o'zimizga qaratganmiz. Rostini aytsam, odamlarning gap-so'zlari menga qiziq emas. Biroz vaqt kerak, chunki hamma terma jamoaga o'z klubidan keladi va jamoadoshlariga ko'nikishi lozim.

Paragvay terma jamoasiga qarshi bahs men uchun jahon chempionati pley-off bosqichidagi birinchi o'yin bo'ladi. Biz g'alabaga tashnamiz — o'yin yaxshi o'tadi. Umuman olganda, menga bunday yirik voqealar yoqadi, bunday muhitda o'zimni qulay his qilaman va shu ruhda davom etishga umid qilaman. Buning uchun tinimsiz mehnat qilish va o'zingga ishonish kerak.

Biz — futbolchilar o'rtasida yaqin munosabatlar shakllangan va biz bor imkoniyatimizni ko'rsatmoqchimiz. O'ylaymanki, biz bir-birimizni anchadan beri bilamiz va bir-birimizni bundan ham yaxshiroq bilishga ehtiyoj bo'lmasa kerak, lekin ba'zida kirishib ketish uchun biroz vaqt talab etiladi: axir hamma o'z klublaridagi jamoadoshlari bilan o'ynashga odatlangan. Ammo ertaga juda yaxshi harakat qila olishimizga ishonaman», — moya Xavertsning so'zlarini keltiradi ijtimoiy tarmoqdagi Bayern & Germany sahifasi.

Manba: Stadion.uz