"Real" muxlislari La Liganing 31-turi doirasida "Jirona"ga qarshi kechgan o'yindagi (1:1) hakamlikdan norozilik bildirishdi.

Uchrashuvni Xaver Alberola Roxas boshqarib bordi. Hakam madridliklar hujumchisi Kilian Mbappe jarima maydonchasi ichida yiqilgan ikkita vaziyatda penalti belgilamadi.

O'yin yakunlanganidan so'ng "Santyago Bernabeu" stadioniga yig'ilgan muxlislar hakamlar brigadasi sha'niga hushtaklar va "Ispaniya futbol federatsiyasida korruptsiya" deya hayqiriqlar bilan o'z noroziliklarini izhor qilishdi.