Xaver Dzanetti ideal argentinalik futbolchini yig'di

Argentina terma jamoasi va «Inter» klubi sobiq himoyachisi Xaver Dzanetti ideal argentinalik futbolchi qanday bo'lishini ko'rsatib berdi.
Milliy jamoa afsonasi chap oyoq, o'ng oyoq, intellekt, kuch va tezkorlik kabi toifalar bo'yicha bittadan futbolchini tanlab olishi kerak edi.
Dzanetti quyidagicha tanlovni amalga oshirdi:
-
Chap oyoq — Lionel Messi;
-
O'ng oyoq — Entso Fernandes;
-
Intellekt — Emiliano Martines;
-
Kuch — Nikolas Otamendi;
-
Tezkorlik — Nauel Molina.