Yakshanba kuni bo'lib o'tgan APL doirasidagi "Bornmut" - "Nyukasl" uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi.

Eddi Xau murabbiy sifatida yana sobiq jamoasini mag'lub eta olmadi.

"Nyukasl"ni qabul qilganidan beri Xau avval boshqargan "Bornmut"ga qarshi Premer-ligada 7ta o'yinni o'tkazgan.

"Zag'izg'onlar" bu o'yinlarning hech birida g'alaba qozona olmagan (beshta durang va ikkita mag'lubiyat).

2022 yilning dekabrida Xau qo'l ostida "Nyukasl" "Bornmut"ni 1:0 hisobida mag'lub etgandi, ammo bu Liga kubogida edi.