Xau: "Yaxshi o'yin, yomon natija"

Angliya chempionatida o'n sakkizinchi tur o'yinlari start oldi, "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Nyukasl"ni qabul qildi va kichik hisobda g'alaba qozondi. Uchrashuv natijalari haqida mehmonlar ustozi Eddi Xau fikr bildirdi, u jamoasi kamida ochko olishi kerak edi, deb hisoblamoqda.
"O'yindan qoniqdim, ammo natijadan emas. Bu o'yinda nimadir olishimiz kerakligini his qilyapman. Biz to'pga egalik qilish va yaratilgan imkoniyatlar borasida ustunlik qildik," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi BBC Sport.
Hozirda "Nyukasl" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida o'n birinchi o'rinda bormoqda.