Xau: "Livramentoning vaziyati murakkab masala"

"Nyukasl Yunayted" bosh murabbiyi Eddi Xau "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan tarkibning holati haqida fikr bildirdi.
"Livramentoning vaziyati murakkab masala. Biz vaziyatga to'liq oydinlik kiritilishini kutmoqdamiz, lekin umid qilamanki, u mashg'ulotlarni ancha tez davom ettira oladi.
Buni tasdiqlashdan oldin to'liq ishonch hosil qilmoqchimiz. Bizda bu borada aniqlik yo'q", – dedi Xau.