"Nyukasl Yunayted" bosh murabbiyi Eddi Xau jamoaning yangi a'zosi Entoni Elanga gol urmagani haqida fikr bildirdi.

23 yoshli shved o'tgan yozda "zag'izg'onlar" safiga qo'shilgandi.

"U yaratgan imkoniyatlarga qarang. Ba'zida u imkoniyat yaratib bergan o'yinchilarning gol ura olmagani Elanganing aybi emas.

Men uning umumiy qobiliyatlaridan mamnunman. 

Lekin menimcha, u yaxshilanishi va rivojlanishi mumkin", dedi Xau matbuot anjumanida.