Xarri Keyn jahon chempionatlarida Lionel Messi rekordini yangiladi

Angliya terma jamoasi sardori Xarri Keyn jahon chempionatlari tarixida penaltilarni (o'yindan keyingi penaltilar seriyasidan tashqari) eng ko'p aniq amalga oshirgan futbolchiga aylandi.
JCh-2026da angliyalik hujumchi mundiallardagi faoliyati davomida oltinchi penaltini golga aylantirdi va shu tariqa Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messiga tegishli rekordni ortda qoldirdi.
Ayni vaqtda Keyn hisobida jahon chempionatlarida 7 ta urinishdan 6 ta aniq penalti (86 foiz) mavjud.
Reytingning yuqori qismi quyidagicha ko'rinish olgan:
- Xarri Keyn — 6/7 (86%);
- Lionel Messi — 4/7 (57%);
- Krishtianu Ronaldu — 4/5 (80%);
- Eysebio — 4/4 (100%);
- Gabriel Batistuta — 4/4 (100%).
Keyn o'zining navbatdagi penalti golini JCh-2026 1/8 finalida Meksikaga qarshi bahsda urdi. U 60-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasini aniq bajarib, hisobni 3:1 ko'rinishiga olib keldi.
Yakunda Angliya dramatik kechgan uchrashuvda 3:2 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi.
Keyn Angliya terma jamoasi bilan mundialdagi ishtirokini davom ettirayotgani sababli ushbu rekordni yanada yaxshilash imkoniyatiga ega.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar