Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi besh nafar to'purar qatoridan joy oldi.

JCh-2026 1/8 finalida Meksikaga qarshi bahsda penaltini aniq amalga oshirgan Keyn mundiallardagi gollari sonini 14 taga etkazdi.

Shu tariqa, u afsonaviy germaniyalik hujumchi Gerd Myullerga etib oldi va jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida u bilan birgalikda beshinchi o'rinni bo'lishib turibdi.

Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarlar:

  • Lionel Messi — 20 gol;

  • Kilian Mbappe — 19 gol;

  • Miroslav Kloze — 16 gol;

  • Ronaldo — 15 gol;

  • Xarri Keyn — 14 gol;

  • Gerd Myuller — 14 gol.

Meksika darvozasiga kiritilgan gol Keyn uchun JCh-2026dagi beshinchi gol bo'ldi.

Manba: Stadion.uz