Xarri Keyn faoliyatidagi to'rtinchi sovrinni qo'lga kiritdi

Xarri Keyn «Bavariya» tarkibida Germaniya Kubogi g'olibiga aylandi. Ingliz hujumchisi turnirning final uchrashuvida «Shtutgart» darvozasiga uchta gol urib (3:0), xet-trik qayd etdi.
Bu 32 yoshli Keynning kollektsiyasidagi to'rtinchi sovrindir. Bungacha u «Bavariya» bilan ikki marta Bundesliga oltin medallarini qo'lga kiritgan va Germaniya Superkubogida zafar quchgan edi.
Ma'lumot uchun, «Bavariya»ga o'tguniga qadar Keyn «Tottenxem» va Angliya terma jamoasi safida kattalar darajasidagi birorta turnirda g'olib chiqmagan edi.