Xarri Keyn 17 yoshli Lenart Karlning o'yinini baholadi

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn myunxenliklar safida to'p surayotgan yosh yarimhimoyachi Lenart Karlning o'yini haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, Lenni bizga juda yaxshi yordam beryapti. Ayniqsa, qiyin vaziyatlarda uning kuchli tomonlarini ko'rish mumkin. U jamoaga qo'shilganidan beri bizga katta foyda beryapti, chunki ko'p hollarda past blokda yoki 5-4-1 sxemasida o'ynaydigan, orqaga chekinib, harakat qilishimizni qiyinlashtiradigan jamoalarga qarshi bahs olib boramiz. Lenni juda tezkor, to'pni yaxshi nazorat qiladi va himoyachini yakkama-yakkada vaziyatda aldab o'ta oladi, shuning uchun u bo'sh hududlarni ochishga yordam beradi. To'psiz holatda ham u ajoyib ishlaydi. Bu erda qanday mashq qilayotganimizni va qanday murabbiyimiz borligini hisobga olsak, u unga nimadir etishmay qolishiga yo'l qo'ymaydi, deb o'ylayman. U o'rganib, jamoaga yordam berishga intilayotgani juda yaxshi, shuning uchun bizga juda kerak. U ancha xotirjam yigit, bu esa tabiiy, chunki u atigi 17 yoshda», — deya Keynning so'zlarini keltiradi Bundesliga.com.