Xarder “Sporting”ni tark etdi

Daniyalik hujumchi Konrad Xarder Portugaliyaning “Sporting” klubidan Germaniyaning “RB Leyptsig” klubiga o'tadi.
Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, transfer summasi 26 million evroni tashkil qiladi.
Futbolchi allaqachon Germaniyaga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun etib borgan. Oldinroq 20 yoshli futbolchini o'z safiga "Milan" va "Chelsi" klublari qo'shib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.