Xans-Diter Flik «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolaydi. Shartnoma tafsilotlari

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik tez orada yangi shartnoma imzolaydi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, tomonlar allaqachon printsipial kelishuvga erishgan. Germaniyalik mutaxassis 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan yangi bitimni tuzishga rozi bo'ldi. Yaqin kunlarda barcha hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Xans-Diter Flik «ko'k-anorranglilar» boshqaruvini 2024 yilda qo'lga olgan edi, uning amaldagi shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum yakunida o'z nihoyasiga etadi. Hozirgi ustoz qo'l ostida Kataloniya grandi La Liga, Ispaniya kubogi va mamlakat Superkubogida (ikki marta) g'olib chiqishga ulgurdi, shuningdek, Chempionlar Ligasining yarim finaliga qadar etib bordi.