Xames Rodrigesga da'vogar klublar nomi ma'lum bo'ldi

Meksikaning "Leon" klubi hujumkor yarim himoyachisi Xames Rodriges dekabr oxirida jamoa bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng erkin agentga aylanadi.
34 yoshli futbolchi muntazam o'yin amaliyoti olish va Kolumbiya bilan JCh-2026'ga borish maqsadida yangi jamoaga o'tmoqchi.
Hozirda Xamesga MLSning "Los-Anjeles Gelaksi", "Orlando Siti" va "Toronto" klublari qiziqmoqda. Shuningdek, "Amerika", "Tigres", "Nyu-York Red-Bulls" va "Flamengo" ham uni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rishi mumkin.