Hozirda Meksikaning "Leon" klubi sharafini himoya qilayotgan hujumkor yarim himoyachi Xames Rodriges 2026 yildan boshlab erkin agentga aylanadi.

Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 34 yoshli kolumbiyalik xavbek "Leon" bilan dekabr oxirigacha mo'ljallangan shartnomasini uzaytirmaydi.

U Meksika klubiga 2025 yil boshida "Rayo Valekano"dan o'tgan edi. Xames jami 34 ta o'yinda 5 ta gol urib, 9 ta assist berishga ulgurdi.