Xames Rodriges: «Men Ronalduning uyidan chiqmasdim»

Kolumniyalik faxriy futbolchi yaqinda maydonda portugaliyalik boshqa bir faxriy — «Real Madrid»dagi sobiq jamoadoshi bilan uchrashdi. Gap, albatta, Xames Rodriges va Krishtianu Ronaldu haqida bormoqda. Xames Amerikaning mashhur ESPN nashriga bergan intervyusida o'sha paytlarda portugaliyalik yulduz bilan bo'lgan do'stligi haqida gapirib berdi.
«Krishtianu — mening yaqin do'stim. «Real»da birga o'ynagan paytlarimizda, men doim uning uyida bo'lardim. U 41 yoshida ham haqiqiy futbol giganti hisoblanadi. Unga chin qalbimdan eng ezgu tilaklarimni tilab qolaman», — deya ta'kidladi Xames.
Eslatib o'tamiz, Xames Rodriges Madridning «Real» klubini 2020 yilda — Krishtianu Ronaldu ketganidan ikki yil o'tib tark etgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar