Xamann Virtsni tanqid qildi

"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Ditmar Xamann "Liverpul"ga o'tgan Florian Virtsning o'yini haqida fikr bildirdi.
"Uning o'yinini kuzatganimda, ba'zida uning o'zi ham "Liverpul"da muvaffaqiyat qozonishiga ishonmayotgandek his qilaman", - deya Xamanning so'zlarini keltiradi Sky Sport.
Uning ta'kidlashicha, ingliz futboli uslub jihatidan ancha farq qiladi va hozircha germaniyalik xavbek bu sharoitga moslasha olmadi.
Virts "Liverpul" safida APLda 14 ta o'yinda maydonga tushib, gol ham, golli uzatma ham bermagan.