"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Ditmar Xamann mersisaydliklar hujumchisi Muhammad Salohning formasiga baho berdi.

"U hozir 33 yoshda va bu yoshda hujumchi biroz tezlikni yo'qotadi va bu juda muhim. U o'tgan mavsumdagidek ko'p gol urmasligi aniq.

Ayniqsa, o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida pozitsion hujumdan gol urishda qiynalganini hisobga olsak", - deya Xamanning so'zlarini keltiradi Advanture Gamers.