"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso yarim himoyachi Jud Bellingemning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Vilyarreal"ga qarshi o'yinda (3:1) yarim himoyachi 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. "Bellingem xalqaro tanaffus tugagach, to'liq tayyor bo'ladi.

U "Real Madrid"ning oktyabr oyidagi qolgan o'yinlarida muhim rol o'ynaydi", - dedi Alonso matbuot anjumanida.