Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso joriy mavsumda tarkibni faol rotatsiya qilishga tayyor.

Ispaniyalik bosh murabbiy asosiy chap qanot vingeri o'rni uchun kurashni ochiq deb hisoblamoqda, deb xabar beradi Diario AS. Pozitsiyaga Vinisius Junior va Rodrigo da'vogarlik qilmoqda - Alonsoning fikricha, ikkala braziliyalik ham asosiy tarkibda maydonga tushish va o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega.

Xabi Alonso iyun oyida Braziliya terma jamoasiga ketgan Karlo Anchelotti o'rniga "qaymoqranglilar" ustozi lavozimini egallagandi.