«Liverpul»ning 23 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Florian Virts Xabi Alonsoning istagiga qaramay, Londonning «Chelsi» klubiga o'tmaydi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Alonso Leverkuzenning «Bayer» klubida birga ishlaganidan beri Virtsning katta muxlisi hisoblanadi. Biroq «Liverpul» germaniyalik futbolchini 125 million evro evaziga sotib olganidan bir yil o'tiboq uni sotish niyatida emas.

O'tgan mavsumda Virts barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Virtsning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.