Xabi Alonso Yamalning so'zlariga munosabat bildirdi

"Barselona" vingeri Lamin Yamal "Real"ga qarshi o'yin oldidan ularni firibgarlik va shikoyat qilishda aybladi.
"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Xabi Alonso matbuot anjumanida bunga munosabat bildirdi.
«Lamin Yamalning so'zlari? “Barselona”da doimo shov-shuvli bayonotlar bo'ladi, men ularning barchasini tahlil qilolmayman. Biz faqat o'yinga e'tibor qaratyapmiz», - dedi Alonso.