"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning yulduz hujumchisi - Vinisius Junior haqida gapirdi.

"Vinisius - biz uchun asosiy futbolchi. Uning o'tgan o'yindagi harakatlari menga yoqdi. Uning tabassumini ko'rish menga yoqdi," - dedi Alonso matbuot anjumanida.

Seshanba kuni "Real" safarda "Levante"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Gollardan biriga Vinisius Junior mualliflik qildi.