Xabi Alonso: "Uning tezroq safga qaytishiga umid qilamiz"

"Real" ustozi Xabi Alonso Dani Sebalosning holati haqida fikr bildirdi.
"Dani "Xetafe"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi. Uning tezroq safga qaytishini kutamiz. Balki u chorshanbagacha tayyor bo'lar", - dedi 42 yoshli ispaniyalik mutaxassis.
Avvalroq 29 yoshli futbolchi ortiqcha yuklamalar sabab mashg'ulotlarda ishtirok etmayotgani ma'lum bo'lgandi.
Sebalos joriy mavsumda 7 ta o'yinda birorta golda ishtirok etmadi.