Xabi Alonso Simeonening muxlis bilan yuzaga kelgan mojarosiga munosabat bildirdi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso "Atletiko" ustozi Diego Simeone bilan sodir bo'lgan holatga izoh berdi.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi doirasidagi "Liverpul"ga (2:3) qarshi o'yinning so'nggi daqiqasida Diego Simeone o'zini haqorat qilgan muxlislardan biri bilan mushtlashishiga oz qolgandi.
"Ideal dunyoda biz bunday vaziyatlardan aziyat chekmasligimiz kerak. Afsuski, hozir bu bilan bir amallab yashash kerak, aks holda noxush holatlarga olib kelishi mumkin. Haqorat bilan bog'liq holatlar allaqachon nazoratdan chiqib ketgan," - dedi Alonso jurnalistlarga.
20 sentyabr kuni "Real" "Espanol"ni qabul qiladi.