Xabi Alonso "Real" rahbariyatidan Virtsni kuzatishni so'radi

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso klub rahbariyatiga "Liverpul" futbolchisi Florian Virtsning holatini diqqat bilan kuzatishni so'radi.
Defensa Central xabariga ko'ra, 44 yoshli ispaniyalik mutaxassis "Bayer"da birga ishlagan shogirdini Madridda ko'rishni istamoqda. U hozir Angliyada baxtsiz.
22 yoshli futbolchi yozda "dorishunoslar"dan 125 million evro evaziga sotib olindi. U jamoa safida jami 16 ta o'yinda 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.