Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso "Xetafe"ga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qaymoqranglilar" uch ochkoni Kilian Mbappening 80-daqiqada urgan goli evaziga qo'lga kiritdi.

"Bugungi o'yinda ustunlik qildik. "Xetafe"ga qarshi hech qachon oson bo'lmaydi - bu o'yinlarda kurashish kerak. Bugun jamoamiz qanday harakat qilishni bilishdi. O'yin unchalik jozibali chiqmadi, biroq biz bundan mamnunmiz," - dedi Alonso intervyuda.

"Real" ochkolarini 24 taga etkazib, peshqadamga aylanib oldi. 26 oktyabr kuni madridliklar o'z uyida asosiy ta'qibchi "Barselona"ni qabul qiladi.