Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso mavsumda ilk bor Vinisius Junior va Rodrigoni bir vaqtda asosiy tarkibda maydonga tushirishga tayyor.

Avvalgi o'yinlarda braziliyalik yulduzlardan biri Kilian Mbappe bilan duet tuzgan, ikkinchisi esa zaxira roli bilan kifoyalanishiga to'g'ri kelgan. Marca xabariga ko'ra, Alonso La Liganing navbatdagi turida "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda hujum chizig'idagi Vinisius - Mbappe - Rodrigo uchligini qaytarmoqchi.

"Real Sosedad" - "Real Madrid" uchrashuvi shanba kuni bo'lib o'tadi, uning boshlanishi Toshkent vaqti bilan 19:15 ga belgilangan.