Xabi Alonso "Real"ning 19 yoshli debyutantiga baho berdi

Viktor Valdepenyas "Real"ning asosiy jamoasi safida debyut o'yinini o'tkazdi.
19 yoshli chap qanot himoyachisi "qaymoqranglilar" safida yakshanba kuni La Liga doirasida "Alaves"ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 78-daqiqada zaxiraga olindi.
Uchrashuv Madrid grandining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
"Valdepenyasni debyuti va ajoyib o'yini bilan tabriklamoqchiman. U doimo yaxshi edi. Afsuski, uning yagona xatosi gol o'tkazib yuborilishiga sabab bo'ldi, ammo qolgan epizodlarda u o'zini ajoyib tarzda ko'rsatdi," - dedi matbuot anjumanida bosh murabbiy Xabi Alonso.