Xabi Alonso "Real" futbolchilari bilan aloqasi qanday ekanligini aytdi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa futbolchilari bilan o'zaro munosabatlari haqida gapirdi.
So'nggi paytlarda "qaymoqranglilar" kiyinish xonasida murabbiyning ba'zi futbolchilar bilan keskin munosabati bilan bog'liq muammolar tez-tez matbuotda muhokama qilinmoqda. Bosh murabbiyning so'zlariga ko'ra, muammo yo'q.
"Futbolchilar bilan aloqa faqat yaxshilanmoqda, chunki biz bir-birimizni tobora yaxshiroq bilib bormoqdamiz. Biz hammamiz bir kemadamiz, bir yo'nalishda harakat qilamiz, g'alabalarni birgalikda nishonlaymiz va muvaffaqiyatsizliklarni boshdan kechiramiz. Ishlar yaxshi ketmoqda, ammo bizda ishlash uchun ko'p narsa bor," - dedi Alonso "Elche" bilan durangdan (2:2) keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Ispaniyalik futbolchi iyun oyida Karlo Anchelotti o'rniga Madrid jamoasi boshqaruviga kelgandi.