Xabi Alonso "Real" boshqaruvida EChLdagi dastlabki 3 ta o'yinda g'alaba qozongan 5-murabbiy bo'ldi

Xabi Alonso "Real" boshqaruvida EChLni uchta g'alaba bilan boshlagan murabbiylar qatoridan joy oldi.
Kecha madridliklar Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida "Yuventus"ni mag'lub etdi (1:2).
Bungacha "Qayrat" (5:0) va "Marsel" (2:1) ustidan g'alabalar qayd etilgandi.
Ispaniyalik mutaxassis "Madrid" bilan turnirdagi dastlabki uchta o'yinda g'alaba qozongan beshinchi murabbiy bo'ldi. Bungacha Yupp Xaynkes, Karlush Keyrush, Joze Mourino va Karlo Anchelotti bunga erishgandi.