Xabi Alonso: «Penaltidan gol ura olmaganimiz meni xafa qildi»

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso kechagi «Valensiya»ga qarshi uchrashuvda Vinisius Juniorning penaltidan gol ura olmagan vaziyatiga izoh berdi.
«Bu lahza meni xafa qildi, hisobni 3:0 qilishimiz mumkin edi. Jamoada asosiy penaltichi bor — bu Kilian Mbappe. Biroq o'yin vaqtida futbolchilar o'zaro kelishib, 11 metrlik zarbani kim amalga oshirishini o'zlari hal qilishadi», — deb mutaxassisning so'zlarini Sport.es nashri keltirgan.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv «Santyago Bernabeu» stadionida bo'lib o'tdi va «qaymoqranglilar» 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu bahsda Mbappe dubl qayd etdi.