"Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandes "Real Madrid"ning potentsial maqsadlari orasida qolmoqda.

O'tgan yozda "qirollik klubi" argentinalikka qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo aniq hech narsa aytilmagan.

Defensacentral xabariga ko'ra, Xabi Alonso Fernandesning iqtidoriga ashaddiy muxlislik qiladi, shu bois "los-blankoliklar" kelajakda futbolchini o'ziga jalb qilishga urinishi mumkin. Entso Fernandesning "Chelsi" bilan shartnomasi 2032 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.