Yakshanba kuni "Real Ovedo" o'z maydonida Madridning "Real" klubini qabul qildi.

"Qaymoqranglilar" La Liga debyutanti ustidan ishonchli g'alabaga erishdi (3:0). 40 yoshli faxriy Santi Kasorla o'yin oxirida zaxiradan maydonga tushdi.

"O'yindan keyin Kasorla bilan suhbat? Men uchun bu hissiy lahza, uni anchadan beri ko'rmagan edim. Santi - o'ziga xos inson. Men uni bag'rimga bosdim," - dedi Xabi Alonso matbuot anjumanida Ispaniya terma jamoasidagi sobiq jamoadoshi haqida.