Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Kilian Mbappening jarohati haqidagi savolga javob berdi.

Frantsiyalik futbolchi "Vilyarreal"ga qarshi shanba kungi o'yinning 83-daqiqasida zaxiraga olindi.

"Kilian to'piq sohasida biroz noqulaylikni his qilmoqda. U terma jamoa ixtiyorida ekan, uning holatini kuzatib boramiz, Mastantuono ham shunday. Ularda hech qanday muammo bo'lmasligi uchun hamma narsani qilishga harakat qilamiz," - dedi Alonso matbuot anjumanida.

"Real"ning keyingi o'yini 19 oktyabr kuni bo'lib o'tadi - raqib "Xetafe" bo'ladi.