Xabi Alonso Mbappening dublidan keyin u haqida fikr bildirdi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso "Real Ovedo"ga (3:0) qarshi o'yinda dubl qayd etgan hujumchi Kilian Mbappening harakatlaridan mamnun.
37 va 83-daqiqalarda frantsuz gol urgan bo'lsa, 93-daqiqada Vinisius Junior hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.
"Kilian klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan keyin 4 kg vazn to'pladi, hozir u o'zini yana yaxshi his qilmoqda. Bugun u juda yaxshi edi. O'tgan mavsum haqida gapira olmayman, chunki men bu erda bo'lmaganman, ammo bugun Mbappe ajoyib o'ynadi," - dedi Alonso matbuot anjumanida.