Xabi Alonso "Liverpul" yulduzini "Chelsi"ga olib o'tmoqchi

"Liverpul" sharafini himoya qilayotgan germaniyalik yarim himoyachi Florian Virts faoliyatini Angliya premer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Insider jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, vingerning yangi ish joyi Londonning "Chelsi" klubi bo'lishi mumkin. "Aristokratlar" ustozi Xabi Alonso futbolchi bilan qayta ishlashdan manfaatdor. Avvalroq ispaniyalik mutaxassis Virtsni Leverkuzenning "Bayer" jamoasida boshqargan.
Transfermarkt portali 23 yoshli yarim himoyachini 110 million evroga baholamoqda. U "qizillar" safiga o'tgan yilning yozida kelib qo'shilgan edi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2030 yilning iyun oyi oxirida o'z nihoyasiga etadi.